Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, boshqa davlat organlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda hamda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi ko‘magida “Korrupsiyaga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Xalqaro davra suhbatida Agentlik, Bosh prokuratura Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Oliy sud, Davlat statistika qo‘mitasi vakillari hamda BMT GJB va “Mintaqaviy muloqot” XNNT ekspertlari ishtirok etdi.
Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i yu.f.d., professor B.Ismailov o‘z chiqishida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishda ilmiy-tadqiqot faoliyatning o‘rni va Akademiya tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi hamda sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalarni o‘rtaga tashladi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga oid statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdagi muammolarni e’tirof etib, bu boradagi faoliyatni ijobiy xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish, shu jumladan vakolatli organlar tomonidan muvofiqlashtirilgan yagona milliy statistik ma’lumotlarni yuritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.