O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishlari magistrantlari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi joriy yilning 4-5 iyul kunlari Bosh prokuraturaning tajribali amaliyotchi xodimlari, Akademiya va boshqa hamkor oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, shuningdek Bosh pokuraturaning Jamoatchilik kengashi vakillaridan iborat Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan tashkil etildi.
Tinglovchilar o‘quv yili davomida o‘zlashtirgan mutaxassislik fanlaridan vaziyatli masalalar, normativ-huquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan savollarga javob berdilar.
Tinglovchilar davlat attestatsiyasining ushbu bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, joriy yilning 13-15 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasiga tayyorlanishmoqda.