Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Bosh proratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022 yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olishlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK va AT “Aloqabank”ning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Masofaviy kurs yakunida tinglovchilar bilimlari test sinovlari orqali tekshirilib, yuqori baho olgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Oxirgi to‘rt oy ichida Akademiyada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 550 dan ziyod nafar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishi ta’minlangan.