Akademiyada o‘tkazilayotgan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Kurs doirasida tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida mashg‘ulotlarga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan birga vakolatli vazirlik, idoralar va muassasalarning rahbar va xodimlari jalb etib kelinimoqda.
Navbatdagi binar o‘quv mashg‘uloti “Yerga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini o‘rnatishning o‘ziga xos uslublari va xususiyatlari” mavzusida Akademiya kafedra o‘qituvchisi U.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi xodimlari ishtirokida tashkil etildi.
Binar mashg‘ulot davomida tinglovchilar amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari, yerga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini samarali amalga oshirishning dolzarb masalalarini amaliyotchilar ishtirokida ko‘rib chiqishdi, shuningdek, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.