Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining xodimlari uchun tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida navbatdagi qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi.

Masofaviy o‘quv kursi davomida Qo‘mita xodimlari korrupsiya, uning shakllari, idora darajasida mazkur illatga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlarni ko‘rishi, korrupsiya huquqbuzarliklari uchun milliy qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari kabi mavzularda o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.

O‘quv kursi yakunida ijobiy baholangan xodimlarga sertifikatlar taqdim etildi.