Akademiyada o‘tkazilayotgan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Kurs doirasida tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida sayyor dars mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16 iyul kuni “Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarning tasnifi” mavzusida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘uloti Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi, milliy ma’ruzalar tayyorlash bo‘yicha asosiy vazifalari, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, inson huquqlarini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sohasida prokuratura organlari bilan olib borilayotgan hamkorligi va bu hamkorlik fuqarolarning murojaatlarini hal etishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.