Prokuratura organlarining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan tezkor xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi yakunlandi

Prokuratura organlarining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan tezkor xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5438-sonli Farmoni hamda Bosh prokuror talablaridan kelib chiqqan xolda o'qitishning amaliy xususiyati va prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog'liqlikni ta'minlash va bu jarayonga masofaviy ta'limni keng joriy etishdek Akademiya faoliyatining asosiy vazifasi ijrosini ta'minlash  maqsadida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqilgan navbatdagi malaka oshirish kursi respublika prokuratura organlarining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan yana bir guruh tinglovchilari tomonidan yakunlandi.

Mazkur malaka oshirish kursi to'liq masofaviy ta'limning “4+0” tizimi asosida tashkil etilgan bo'lib, davomiyligi 144 soatni tashkil etib, joriy yilning 11 may kunidan 2 avgustiga qadar davom etdi.

Kurs dasturi prokuratura faoliyatining umumiy masalalari hamda jinoyat, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda, iqtisodiy va ma'muriy sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash masalalari, xodimlarning prokurorlik faoliyatining  ushbu yo'nalishlaridagi nazariy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashg'ulotlardan iborat bo'lib, unda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralmagan holda o'zlarining bu boradagi bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish ustida ishladilar.

Masofaviy malaka oshirish kursining yakunida online tarzidagi imtihon o'tkazildi.

Imtihon yakunlari bo'yicha xodimlarga belgilangan tartibdagi sertifikatlar topshirildi.