Bosh prokuratura Аkademiyasi tomonidan Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarining “Samarali boshqaruv” yoʼnalishiga oid 5.5.2 indikatori (rahbar lavozimlardagi ayollarning ulushi) boʼyicha Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi vakillari ishtirokida ishchi yigʼilish oʼtkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yilgi “2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 83-son qarori ijrosi yuzasidan qoʼmita va uning qoshidagi tadqiqot instituti masʼul xodimlarining fikrlari eshitildi.
Аkademiya masʼullari tomonidan, “Samarali boshqaruv” ekspert guruhining ishchi organi sifatida, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish boʼyicha ishlarni toʼgʼri tashkil etish, koʼrsatkichlar (indikator)larga oid maʼlumotlarni toʼplash metodologiyasi hamda eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan holatlar haqida tushuntirishlar berildi.