Yangi qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihasi boshlandi

Yangi qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihasi boshlandi

Shvetsiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi departamenti bilan o‘zaro hamkorlikda Bosh prokuratura Akademiyasida “O‘zbekistonda ma’muriy huquq islohoti va huquqiy integratsiya” nomli qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihasi boshlandi.

Loyiha doirasida 2022 yilning 10 avgust kuni “O‘zbekistonda ma’muriy huquq va ma’muriy sud ishlarini yuritishning dolzarb masalalari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda Lund universiteti dotsenti R.Urinboyev, Manchester universiteti professori K.Tornxil, ma’muriy sud vakillari hamda ma’muriy huquq sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Mazkur davra suhbatida ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi dolzarb masalalar, shuningdek kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi hamda bu o‘zaro tajriba almashish imkonini yaratdi.