O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2020 yilning 27 avgust kuni 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar) ixtisosliklari bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo'yicha navbatdagi tanlov o'tkazildi.
Pandemiya sababli Akademiyada mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan onlayn tarzda suhbat o'tkazish bo'yicha muayyan tajriba shakllandi.
Suhbatda Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining yetakchi olimlari ishtirok etdi.
Suhbatda komissiya a'zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqot
mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.