Bosh prokuratura Akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi vakillari bilan mamlakatimizdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish, yakunda mavjud holatni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish bilan bog'liq loyihani amalga oshirishning konseptual masalalarini muhokama qilish bo'yicha ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Loyihani amalga oshirish ushbu sohadagi yapon tajribasini o'rganish va qo'llashni o'z ichiga oladi.
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari, shuningdek, Yaponiya Adliya vazirligining tarkibiy bo'linmalari rahbarlari va xodimlari, Vazirlikning Tadqiqot va malaka oshirish instituti, shuningdek, BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo'lish to'g'risidagi Osiyo va Uzoq Sharq instituti (UNAFEI) vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Yaponiyaning mazkur sohada amalga oshirgan ishlari, jumladan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashdagi o'ziga xos tajribasi bo'yicha fikr almashildi.
Muhokama yakuni bo'yicha ushbu loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan Yaponiya Adliya vazirligi va Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruhlar faoliyatini uzoq muddatga mo'ljallangan maxsus ish reja asosida davom ettirishga kelishib olindi. Shuningdek, Yaponiya Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasiga 50 dona Yaponiya jinoyatchilik to'grisidagi xisobotining ingliz tilidagi chop etilgan nusxalarini (white book kitobi) taqdim etilishi to'g'risida ma'lumot berildi.