Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuraturasi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi M.Toshovning 12.00.05 ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xodimning aybiga bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan ushbu dissertatsiya doirasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda xodimning aybiga bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga bog‘liq munosabatlar o‘rganilgan va ularning huquqiy tartibga solinishidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Muhokamalar natijalariga ko‘ra Ilmiy kengash a’zolari tomonidan mazkur ilmiy ish bir ovozdan ijobiy baholanib, M.Toshovning dissertatsiyasi tugallangan deb topildi va yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Akademiya jamoasi M.Toshovni dissertatsiyaning muvaffaqiyatli himoyasi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.