Joriy yilning 15 sentabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini hamda joriy loyihalarni muhokama qildilar.
Ilmiy va ta’lim, jumladan, masofaviy ta’lim sifatini oshirish maqsadida tomonlar fanlararo yondashuvni qo‘llash, moslashuvchan ko‘nikmalar va o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, ta’lim tahlili, o‘qituvchilarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik harakatchanlikni rivojlantirish, o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni birgalikda tayyorlash va nashr etish masalalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.