Huquqiy islohotlar bo‘yicha USAID dasturi ko‘magida Akademiyada Sietl universitetining Huquq maktabi professori Lorel Outs (AQSH) ishtirokidagi “Huquq sohasida hujjatlarni tayyorlash va tadqiqotlar o‘tkazish ko‘nikmalarini takomillashtirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening yakuniga yetdi.
Tashkil etilgan tadbir Akademiya xodimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot va tahliliy ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan.
Seminar-trening auditoriyaning faol jalb qilinishi, temaktik guruhlarga bo‘linishi va boshqa zamonaviy yondashuvlardan foydalanishi orqali interfaol shaklda o‘tkazildi. Tadbir yakunida Lorel Outs ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berdi.
Ushbu tadbir Bosh prokuratura Akademiyasida doimiy asosda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro mutaxassislarni jalb qilishning tizimli jarayonining davomidir.
O‘tkazilgan seminar-trening yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.