AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilan uchrashuv

AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilan uchrashuv

Akademiya rahbariyatining AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) kotibi yordamchisining o‘rinbosari L. Djonson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

L. Djonsonga Akademiyaning faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari, amaldagi hamkorlik masalalari, INL ko‘magida amalga oshirilgan loyihalar va kelgusidagi istiqbollar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tashrif doirasida mehmonlarga Akademiyada yaratilgan ta’lim infratuzilmasi tanishtirildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.