Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida tizimli ravishda malaka oshirish kurslari o'tkazilib kelinmoqda.
Xususan, 2020 yilning 21 avgustida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'lim boshliqlari o'rinbosarlarining ishtirokidagi masofaviy ta'lim orqali malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Dasturga asosan Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaror talablarini amaliyotga to'g'ri tatbiq etilishini ta'minlash, mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha shuningdek, ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarining ijrosi bilan bog'liq mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan protsessual hujjatlarni tayyorlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish va Byuroning boshqa faoliyat yo'nalishlarida ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqishga doir mashg'ulotlar o'tkazildi.
Malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilar o'zlarining amaliy faoliyatlarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tegishli kasbiy huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tinglovchilarning kelgusida malaka oshirish kurslarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalari o'rganildi.
O'quv mashg'ulotlari yakuni bo'yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.