Yo‘l-transport sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etilishi sabablarini aniqlashda xalqaro hamkorlik

Yo‘l-transport sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etilishi sabablarini aniqlashda xalqaro hamkorlik

Bosh prokuratura Akademiyasida Yaponiya xalqaro xamkorilik tashkiloti (JICA) vakillarining Akademiya raxbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yo‘l-transport sohasidagi jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini o‘rganish hamda diagnostika qilishda o‘zaro tajriba almashinish va bu borada o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar yo‘l-transport sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uzoq muddatli qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qildilar.

Loyiha davomida mamlakaztimizdagi yo‘l-transport sohasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holatini o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida yaponiyalik yetuk soha ekspertlarining Bosh prokuratura Akademiyasiga uzoq muddatli  tashrifi ko‘rib chiqildi.