Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Akademiya professor-o‘qituvchilarining pedagogika, andragogika va o‘qitish metodikasi sohasidagi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida «Kasbiy motivatsiyani rivojlantirish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur trening Akademiya professor-o‘qituvchilarining ta’lim dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish, o‘qitishning samarali usullarini joriy etish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, umuman olganda kasbiy mahoratlarini rivojlantirish borasidagi salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.