Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi davra suhbati

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi davra suhbati

Joriy yilning 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida “Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish” mavzusidagi aralash shaklidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek hududiy boshqarmalarning jami mingga yaqin xodimlari ishtirok etdi. Unda Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori X.Tursunbekov “Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi: mohiyati, yuzaga kelish sabablari, tartibga solish masalalari” nomli  ma’ruza bilan chiqish qildi.

Davra suhbati ishtirokchilariga manfaatlar to‘qnashuvi turlari, uning oqibatlari, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.