Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi trening

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish masalalari bo‘yicha navbatdagi trening

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida “Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi: mohiyati, yuzaga kelish sabablari, tartibga solish masalalari” mavzusidagi sayyor seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Trening Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Tadbir ishtirokchilariga manfaatlar to‘qnashuvi shakllari, uning oqibatlari, davlat xizmatida, shu jumladan bojxona tizimida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.