Tinglovchilarning malakasini oshirish hamda o'qitish jarayonida obektivlik va shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish Akademiyani rivojlantirish Strategiyasining asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, faoliyatga raqamli texonologiya mahsulotlarini keng joriy etish nafaqat jarayonni avtomatlashtirish, balki inson omilini istisno etish hamda korrupsiyaning oldini olishga ko'maklashadi.
Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi ko'magida ishlab chiqilgan “Imtihon” avtomatik informatsion tizimi (AIT) shu turdagi yangi mahsulotlardan biri bo'lib hisoblanadi.
“Imtihon” AIT imtihonlarni o'tkazish jarayonini avtomatlashtirish, imtihon biletlarini generatsiya qilish, tayyorgarlik vaqtini qayd etish, yakuniy imtihon bayonnomasini shakllantirishga mo'ljallangan bo'lib, shu bilan birga ma'lumotlar bazasiga o'tkazilgan imtihonlar haqidagi ma'lumotlarni kiritib boradi.
Joriy yilning 21 avgust kuni Akademiyaning O'quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo'limi bilan hamkorlikda “Imtihon” AITning taqdimoti hamda sinov tariqasida amaliyotga joriy etish jarayoni bo'lib o'tdi.