O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi halqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlardan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.
2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayram kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlashga huquqiy asos bo‘ldi.
O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2022 yil 19 oktabr kuni “Til va huquq: muammolar va istiqbollar” mavzusida konferetsiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Samarqand davlat universiteti, boshqa davlat idoralari va tashkilotlar vakillari, shuningdek, Bosh prokuratura xodimlari ishtirok etishdi.
Konferensiya jarayonida “Davlat tili sohasidagi qonunchilik hujjatlari tahlili”, “Davlat tili maqomi: tarixiy-huquqiy tahlil”, “Davlat tiliga oid qonunlar ijrosining holati” va boshqa mavzularda ma’ruzalar eshitildi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.