Bosh prokuratura Akademiyasi “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” magistratura dasturi doirasida “Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi” mavzusidagi o‘quv moduli boshlandi.
Modul doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari xorijiy ta’lim va akademik muassasalarining yetakchi xalqaro ekspertlari, jumladan, Raul Vallenberg (Shvetsiya) nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti professori, doktor Olof Bekman tomonidan olib borilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari shaxslarni, shu jumladan voyaga yetmaganlarni va ayrim shaxslarni (ayollar, nogironlar va boshqalar) sudgacha bo‘lgan bosqichda qamoqqa olish va qamoqda saqlashga oid xalqaro hujjatlar, xalqaro standartlarni qo‘llash, qiynoqlarga qarshi kurashish, yetkazilgan zararni qoplash, yurisdiksiya va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Tinglovchilarning ma’ruzaviy mashg‘ulotlar jarayonida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantiruvchi imitatsion mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi kursning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.