O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2022 yilning 27 oktabr kuni “Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda Bosh prokuratura xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi vakillari, Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek joylardagi prokuratura organlari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur anjumanda Taraqqiyot strateriyasida belgilan qonun ustuvorligini ta’minlashda prokuratura organlari va sudlarning birlamchi vazifalari, bu borada ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘rni, shuningdek qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni mazmun-mohiyatini keng muhokama qilindi.
Anjuman ishtirokchilari prokuratura organlari tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazoratini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi yangi tizim joriy etish, prokuratura organlari faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash, prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish borasida fikr almashdilar.