O‘zbekiston Respublikasida sud qarorlari ijrosining qonuniyligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasida sud qarorlari ijrosining qonuniyligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 28 oktabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda sud qarorlari ijrosining qonuniyligini ta’minlash masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi xodimlari shuningdek, Bosh prokuratura, IIV Akademiyalari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari va tinglovchilari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida bugungi kunda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etishda qonuniylikni ta’minlash masalalari, jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish, penitensiar tizimda xalqaro standartlarni joriy etish hamda probatsiya xizmati faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hozirda amaliyotda sud qarorlari ijrosi amaliyoti bilan bog‘liq dolzarb muommolar atroflicha ko‘rib chiqilib, mazkur sohada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.   

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan sud qarorlari ijrosining qonuniyligini ta’minlash borasidagi prokuror nazorati samaradorligini oshirish hamda ijro sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazani yanada takomillashtirish masalalari bugungi sud-huquq islohotlari jarayonida eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.