Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari tergovchilari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlarining tezkor xodimlari uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Malaka oshirish kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan va 6 hafta davomida ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim hamda 2 hafta davomida esa Akademiyada kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitishni nazarda tutgan.
O‘quv kursi dasturidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning halqaro va milliy tizimini, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish, noqonuniy daromadlarni aniqlash bo‘yicha moliyaviy tergov olib borish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida idoraviy hamkorlikni o‘rnatish, noqonuniy daromadlarni aniqlash hamda musodara qilinishini ta’milashda Iqtisodiy jinoyatlorga qarshi kurashish departamenti imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.
O‘quv mashg‘ulotlariga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Departamentning tajribali mutaxassislari jalb qilingan.