Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari U.Nigmadjanov O‘zbekistonda Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishning “Musodara qilingan aktivlarni boshqarish tizimi va noqonuniy moliyaviy oqimlarni kamaytirish” mavzusidagi sessiyasida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir Moliya va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari tomonidan BMTTD bilan hamkorlikda mamlakat barqaror rivojlanishining moliyalashtirish strategiyasi bo‘yicha masalalarni chuqur muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Sessiyada halollikni ta’minlash, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish, xatlangan va musodara qilingan aktivlarni boshqarish, noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’ruzachilar tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi ishchi organ deb belgilangan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanishning (BRM) kun tartibi bo‘lgan 16-maqsadiga erishish bo‘yicha Samarali boshqaruv ishchi guruhi faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bosh prokuratura va uning tuzilmalari tomonidan BMT GJB bilan birgalikda xatlangan aktivlarni boshqarish tizimini baholash va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, BRM 16.4-maqsadini amalga oshirishda noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini o‘lchash sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar qayd etildi.
Mazkur loyihalarning dastlabki natijalari va ularni amalga oshirishning keyingi bosqichlari muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekistonda Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasi loyihasi, xususan, korrupsiyaga barham berish va noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini kamaytirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.