O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashi majlisida Akademiya markaz boshlig'i N.Asqarovning 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligida “Nomlanmagan shartnomalarni fuqarolik huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy muammolari” mavzusidagi yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining himoyasi bo'lib o'tdi.
Ilmiy kengash a'zolari bir ovozdan talabgorning yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishiga ovoz berdilar.
Akademiya jamoasi N.Asqarovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi!