Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining inspektorlari uchun “Energiya resurslaridan foydalanishni nazorat qilish” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.
Malaka oshirish kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilar masofaviy ta’lim yakuni bo‘yicha Akademiyada kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitishni davom ettiradilar.
O‘quv kursi dasturidan elektr, issiqlik, gaz va ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish sxemalarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar va tekshiruvlarni tashkil etish, ularni bartaraf etish usullari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.
O‘quv mashg‘ulotlariga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Departament hamda tegishli vazirlik va idoralarning tajribali mutaxassislari jalb qilingan.