Akademiyada Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xodimlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur malaka oshirish kursining maqsadi tinglovchilarning joriy axborot to‘plash, uni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, ommaga yetkazish bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirishdan iborat.
Kurs jarayonida tinglovchilarda negativ va feyk axborot bilan ishlash, kontent strategiya va kontent rejani shakllantirish, yuridik ritorika va kreativ PR instrumentlarni bilish, «SMART» maqsadlarni shakllantirish, stressli holatlarda o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Trenerlar sifatida o‘quv mashg‘ulotlariga taniqli jurnalistlar, blogerlar, sohaning boshqa mutaxassislari hamda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o‘qituvchilari jalb qilindilar.
Kurs davomida madaniy dastur ham nazarda tutilgan bo‘lib, unda tinglovchilarning muzey, teatr va boshqa madaniy tadbirlarga jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Malaka oshirish kursi so‘ngida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.