Departamentning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

Departamentning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

Akademiyada Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi.

Mazkur malaka oshirish kursi dasturi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etishning dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan hamda tinglovchilarning axborot to‘plash, uni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, ommaga yetkazish bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan.

Xususan, negativ va feyk axborot bilan ishlashning yondashuv va usullari, kontent strategiya va kontent rejani tayyorlash, yuridik ritorika va kreativ PR instrumentlarni bilish, «SMART» maqsadlarni shakllantirish masalalari, stressli holatlarda o‘zini tutish qoidalari ko‘rib chiqildi.

O‘quv mashg‘ulotlari Akademiyaning professor-o‘qituvchilari hamda taniqli jurnalistlar, blogerlar, sohaning boshqa mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

Kurs davomida madaniy dastur ham nazarda tutilgan bo‘lib, unda tinglovchilar muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb qilindilar.

Malaka oshirish kursi so‘ngida yakuniy imtihon o‘tkazildi hamda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.