Akademiyada auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish va mustahkamlash maqsadida malaka oshirish kurslari dasturlarida sayyor amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Navbatdagi amaliy mashg‘ulot Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashning dolzarb masalalari bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Bola huquqlari kafolatlari” mavzusida tashkil etildi.
Sayyor o‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar markazga olib kelingan nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdilar.
Tinglovchilar tomonidan amaliyotchi mutaxassislar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.