Bosh prokuratura Akademiyasida agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosini nazorat qiluvchi tuman (shahar) prokurori yordamchilarining malakasini oshirish kursi yakunlandi.
Kurs aralash formatda tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilar auditoriya mashg‘ulotlarida masofaviy ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan o‘quv materialini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lgan holda Akademiyada tahsil olishdi.
Kurs doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi tizimli muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda agrar va oziq-ovqat sohalarida qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Malaka oshirish kursi doirasida egallangan ko‘nikmalar qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer uchastkalarini ajratish, suv va gidrotexnika inshootlaridan saqlash va foydalanish, chorvachilik va naslchilik, meva-sabzavotchilik va polizchilik sohasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha prokuror faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.