Xalqaro qo‘shma ilmiy tadqiqot muhokamasi

Xalqaro qo‘shma ilmiy tadqiqot muhokamasi

2022 yil 29 noyabr kuni “Qonun ustuvorligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida videokonferensiya shaklidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari Akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida tashkillashtirildi.

Seminar doirasida odil sudlov sohasidagi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi masalalar qatnashchilar tomonidan muhokama qilindi.

Ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy usullarining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdilar. Bundan tashqari, axborot xavfsizligini ta’minlash va o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha tajriba almashish kabi strategik yo‘nalishlar qatnashchilar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikrlar almashinib, taqdim etilgan ma’ruzalar bo‘yicha munozaralar bo‘lib o‘tdi.