Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Akademiyada Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali (DVV International) bilan hamkorlikda “Muammoli tinglovchilar bilan ishlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda DVV International filialning loyihalar koordinatori H.Hakimjonova va xalqaro toifadagi andragog-trener I.Ismailovalar ishtirok etib, ular tomonidan katta yoshdagilar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, “muammoli tinglovchi”lar va ularning turlari, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etishning zamonaviy usullari hamda boshqa shu kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Treningda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berilib, ushbu yo‘nalishdagi muammolarning aniq yechimlari ko‘rsatib berildi.
Kelgusida bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.