2022 yil 1 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Ilmiy tadqiqot ishlariga qo‘yilgan talablar” mavzusida onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Akademiya va uning hamkorlari – TDYUU, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Qurolli kuchlar, IIV va FVV Akademiyalarining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari qatnashdi. Seminarda Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor M.M.Mamasiddiqov ma’ruza qildi.
“Fan soati” doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ilm-fanni rivojlantirishda nazariya va amaliyotning bir-biri bilan uzviy bog‘lash masalalari, ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini shakllantirish, obyekti va predmetini belgilash, uning metodlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.