“Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2022 yil 2 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli, shuningdek, so‘nggi yilarda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar muhokama qilindi.   

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi vakillari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bosh prokuratura xodimlari, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdilar.