Akademiya vakillari Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 16.3-bandi ijrosi doirasida tashkil etilgan “Odil sudlovni samarali ta’minlash” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi.
Tadbirda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar va ular bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish ahvoli tahlil qilindi, belgilangan vazifalarning bajarilishida yuzaga kelayotgan muammolar yechimini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi va bu borada O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ullarining hisoboti eshitildi.
Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari U.U.Nigmadjanov ma’ruza bilan chiqib, ushbu yo‘nalishda prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.
Davra suhbati yakuni bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 16.3-bandi ijrosini tegishli idoralar tomonidan ta’minlash ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan qaror qabul qilinib, mas’ul idoralarning samarali hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab olindi.