Akademiya tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Talabalar ijtimoiy-media mackanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda Akademiya magistraturasining “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilardan iborat 4 jamoa bellashdi. Tadbirni “Zakovat” intellektual o‘yini asoschisi Abdurasul Abdullayev olib bordi.
Bosh prokuratura, Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari musobaqani kuzatib borishdi.
O‘yin avvalida so‘z olganlar ishtirokchilarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabriklab, joriy yilda ushbu muhim bayramga bag‘ishlab Akademiya magistraturasi tinglovchilari “Zakovat” teleo‘yini sifatida o‘tkazishga bel bog‘laganliklari ularning yuqori darajadagi intellektual salohiyati hamda milliy bayramlarimizni nishonlashga bo‘lgan ijodiy yondashuvining yorqin namunasi ekanligini ta’kidladilar.
Ushbu tadbir Akademiya tinglovchilarining milliy qonunchilik hamda prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidan xabardorlik darajasi, shuningdek tinglovchilarning tezkor va mantiqiy fikrlash qobiliyatini yana bir bor baholash imkonini berdi.
Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi musiqiy dastur ishtirokchilarning jamoaviy ruhi va bayram kayfiyatini qo‘llab-quvvatladi.
Tadbir yakunida o‘yin g‘oliblari va faol ishtirok etgan ishtirokchilar maxsus sovg‘a hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.