Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha simulyatsion trening tashkil etildi

Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha simulyatsion trening tashkil etildi

Akademiyada Bosh prokuratura, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Bosh prokuratura, IIV, NNT “Istiqbolli avlod” bilan hamkorlikda tashkil etilgan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha simulyatsion treningi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu trening O‘zbekistonning odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha samarali strategiyalarini va unga bog‘liq muommolarni aniqlash,  inson huquqlari va gender tenglik tamoyillariga qaratilgan ustuvor yondashuvlarni aniqlash orqali yangi tashkil etilgan odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yo‘naltirish milliy mexanizmi doirasida idoralararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Besh kunlik treningda huquqni muhofaza qilish organlarining 50 ga yaqin mutaxassislari, jumladan, Bosh prokuratura, IIV, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi xodimlari, shuningdek, huquqshunoslar, fuqarolik jamiyati vakillari tahsil oladilar.

Simulyatsion trening Akademiyaning muayyan vaziyatlarning imitatsiyasi uchun mo‘ljallangan maxsus jihozlangan o‘quv-amaliy mashg‘ulot xonalarida bo‘lib o‘tmoqda.

Odam savdosini real hayotda jonlantiruvchi “Ilhom” teatri aktyorlari ushbu yo‘nalishda xizmat qiluvchi tezkor xodimlarga odam savdosiga qarshi kurashishning zarur choralarini ishlab chiqishda amaliy yordam berish maqsadida ushbu treningga jalb qilindilar.

Trening jarayonida olingan ko‘nikmalar odam savdosiga qarshi kurashish milliy tizimi samaradorligini oshirish, o‘zaro baholash doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kurs yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar toshiriladi.