Akademiyada “Tezkor-qidiruv qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, IIVning Ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida tezkor-qidiruv faoliyati imkoniyatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni hal qilish, tezkor-qidiruv faoliyati qonunchiligini yanada takomillashtirish, tezkor bo‘linmalar hamda surishtiruv va tergov organlari o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor bo‘linma xodimlarini malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish borasida fikr almashishdi.