Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi

2022 yil 21 dekabr kuni Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan haftalik doirasida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida “Biz korrupsiyaga murosasiz munosabatdamiz” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati va olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarining oqibatlari, davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi va uni bartaraf qilish masalalari yetkazildi.

Interaktiv shaklda o‘tkazilgan tadbir ishtirokichlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishga hamda Elektron hukumat markazi misolida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni muhokama qilishga imkon berdi.