Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish ishlari davom etmoqda

Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish ishlari davom etmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish Akademiya faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Akademiya tomonidan muntazam ravishda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari xodimlari uchun masofaviy shaklda maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Masalan, 2022 yilda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 700 nafarga yaqin xodimlari ishtirokida 20 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazilib, ularning 600 nafardan ortig‘i masofaviy shakldagi o‘quv kurslari doirasida tahsil oldilar, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 454 nafar (yoki 75,5%) tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Hozirda Akademiyada Toshkent shahar va viloyat hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat test markazi, Raqamli texnologiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Madaniyat va turizm vazirliklari, “O‘zagrosug‘urta” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining jami 300 nafardan ortiq xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzularida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslari davom ettirilmoqda.