Jahon banki missiyasi bilan korruptsiyaga qarshi salohiyatni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Jahon banki missiyasi bilan korruptsiyaga qarshi salohiyatni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Huquqni muhafaza qilish akademiyasida Аkademiya rahbariyatining Jahon banki missiyasi ekspertlari – korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha mutaxassis Dmitro Kotlyar va maslahatchi Murod Xusanov bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv Jahon banki tomonidan “Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Ishchi uchrashuv davomida ekspertlar bilan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish, respublikaning korruptsiyaga qarshi xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish boʼyicha Аkademiya va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi oʼrtasidagi hamkorlik holatlari muhokama qilindi.