Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida anʼanaviy fan soati doirasida “Tadqiqot kontseptsiyasi, maqsad va vazifalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotning obʼekti va predmetini belgilash” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi.
Fan soati doirasida tadqiqot ishida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, tadqiqot mavzusi boʼyicha mavjud qonunchilik hujjatlari, amaliyot materiallari hamda boshqa amalga oshirilgan ilmiy ishlarni oʼrganish masalalari atroflicha koʼrib chiqildi.
Tadqiqotni amalga oshirish tizimi, tadqiqotni amalga oshirish yoʼnalishi, asosiy gʼoyalar hamda muammolarni yechimiga olib keluvchi yoʼllarni belgilab olish ilmiy tadqiqotni olib borishda muhim ekanligi muhokama qilindi.
Tadbirda nafaqat Аkademiyaning, shuningdek, Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Sudьyalar oliy maktabi doktorant va mustaqil izlanuvchilari ham ishtirok etishdi hamda ilmiy tadqiqotlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.