Akademiya vakillari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash tarkibiga kiritildi

Akademiya vakillari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash tarkibiga kiritildi

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish Bosh prokuratura Akademiyasining asosiy yo'nalishlaridan biridir.

Akademiya tashkil etilgandan so'ng, unda salmoqli ilmiy salohiyat shakllantirildi, ilmiy xodimlar tayyorlash, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar o'tkazish bo'yicha ishlar tashkil etildi.

Akademiya professor-o'qituvchilarining ilmiy-amaliy salohiyati va tajribasi inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining buyrug'iga asosan, Akademiyaning 3 nafar professor-o'qituvchilari “Iqtisodiyot va huquq fanlari” yo'nalishi bo'yicha ilmiy-texnik  kengash tarkibiga kiritildi.

Ilmiy-texnik kengash – O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan o'tkazish maqsadida tegishli fan yo'nalishlari bo'yicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakllantirilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa hisoblanadi.

Joriy yilning 6 avgust kuni ZOOM elektron dasturi orqali “Iqtisod va huquq fanlari” bo'yicha Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi majlisida Akademiya professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar. Majlis kun tartibidagi asosiy masala bo'yicha “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy-innovatsion loyihalar tanlovi doirasida kelib tushgan loyihalarning muhokamasi bo'lib o'tdi. Mamlakatimizning yetakchi olimlari qatorida Akademiya professor-o'qituvchilari ham loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etdilar.

Kengash majlisi adolat va xolislik tamoyillari asosida savol va javoblarga boy tarzda o'tkazildi hamda loyihalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.