АQSh davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashish byurosi delegatsiyasi tashrifi

АQSh davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashish byurosi delegatsiyasi tashrifi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha murabbiylik va oʼqitish” dasturi doirasida АQSh davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashish byurosi va "Mintaqaviy muloqot" XNNT delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirishning dolzarb masalalari, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish sohasida hamkorlikni amalga oshirish yoʼnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyiha doirasida Аkademiyaga jalb qilingan uzoq muddatli ekspert  Richard Djoys (АQSh)  ham ishtirok etdi.