“Inson huquqlari haftaligi” doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasi o‘tkazildi.
Inson huquqlari va erkinliklariga oid test savollaridan iborat viktorina onlayn tarzda “Telegram” messendjerida o‘tkazildi. Har bir savolga 15 soniya vaqt ajratildi.
Viktorina yakunlari bo‘yicha faxrli 1 va 2-o‘rinlarni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi tinglovchilari Humoyun Salomov va Shohjahonbek Ismoilov qo‘lga kiritdilar.
G‘oliblar Milliy markazga taklif etilib, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.