Nagoya iqtisodiyot universiteti professori ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi

Nagoya iqtisodiyot universiteti professori ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlar yetkachi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ijobiy tajribani joriy etishga qaratilgan faoliyat izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya) professori A.Umiridinov tomonidan akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun huquqiy sohada blog-postlar va xorijiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbir davomida ekspert mazkur sohadagi xorijiy tajriba bilan bo‘lishib, ishtirokchilarni blog-postlarni yaratish, ilmiy maqolalar
va nashrlarni tayyorlash hamda magistrlik dissertatsiyalar doirasida tadqiqotlarni olib borish metodikasi bilan batafsil tanishtirdi.

Mahorat darsi interaktiv shaklda tashkil qilinib, unda akademiya magistratura tinglovchilari o‘zlarining ilmiy ishlarini shakllantirishlari uchun zarur bilimlarni olishdi.