O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qilish akademiyasi tomonidan talabalarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlash maqsadida “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar turkumi tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya rahbari o‘rinbosari M.Mamasiddiqov, tarkibiy tarmoq boshliqlari B.Kayumov, A.Odinayev, B.Bahrombekov va D.Nodirovlar hamda Akademiyada tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etdi.
Tadbirlar doirasida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Bunday tadbirlarni yetuk olimlar, jamoat va davlat arboblari, malakali mutaxassislar, faxriylar, adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokida muntazam tashkil etish ko‘zda tutilgan.